Abu-Dabi shahridagi «Qasr al-Vatan» saroyida BAA rahbari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida uchrashuv va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
«Birlashgan Arab Amirliklari tarixan qisqa davrda – ellik yilda sahro qo‘ynida mo‘jiza yaratib, iqtisodiyot, innovatsiya, savdo, moliya va turizm bo‘yicha dunyo markazlaridan biriga aylanganini, O‘zbekiston shu sohalarda hamkorlik qilish va tajriba almashishdan manfaatdor ekanini qayd etdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Muhammad bin Zoid Ol Nahayon O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlatning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida diplomatik aloq
...
Читать дальше »